Ilova pullikmi?
Yo'q. Barcha imkoniyatlar bepul, reklama ham yo'q.
Internet bo'lmasa ishlaydimi?
Ha, to'liq. Internet faqat valyuta kursini yangilash va bulutga zaxira yuborish uchun kerak.
Telefonni almashtirsam, ma'lumotlar nima bo'ladi?
Eski telefonda zaxira oling — Telegram botingizga, Google Drive yoki iCloud'ga. Yangi telefonda 1som'ni o'rnating va "Zaxiradan tiklash"ni tanlang.
Boshqa ilovadagi yozuvlarimni ko'chira olamanmi?
Ha. Yozuvlarni CSV fayl qilib eksport qiling va 1som'da "Import" bo'limidan yuklang. Hisob va toifalar avtomatik moslanadi.
Qaysi tillarda bor?
O'zbekcha (lotin va kirill) va ruscha. Yorug' va qorong'i mavzu ham bor.
Toifani o'chirsam, eski xarajatlar yo'qoladimi?
Yo'q. O'chirilgan toifa yoki hisob yangi yozuvlarda ko'rinmaydi, lekin eski yozuvlar o'z nomi bilan saqlanib qoladi.